Qonunga koʻra, AQSH hukumati foydalanuvchini yashirin kuzatish uchun order berishi mumkin. Qonun kompaniyalarga bunday order mavjudligini oshkor qilishni taqiqlasa-da, kompaniyalar qonunni chetlab oʻtib, maʼlum bir vaqtda foydalanuvchiga hisobotida uning kuzatilmayotgani haqida ogohlantirish berishi mumkin. Bu haqda bir maqolada “Twitter”ga tegishli orderlar ham borligini bilgan holda, maqola nomida eslatilgan jonzotni javob kartalaringizga yozing.