zakovatklubi.uz

Qadimgi yunonlarda paydo boʻlgan jangchilar safi – falanga haqida darsliklardan tanish boʻlsangiz kerak. Falanga bir qoʻlida nayza, ikkinchi qoʻlida qalqon ushlab turgan jangchilardan iborat boʻlib, har bir jangchi yonidagi safdoshini jang paytida himoya qilib turgan. Safni buzmasdan yurishlik falanga uchun muhim boʻlgan. Buning uchun esa bir shart bajarilishi kerak edi. Hozirgi zamonda bu shart maktab davridan nafaqat oʻgil bolalarga, balki qizlarga ham tanish. Savol: Bir turdagi darsda oʻqituvchi doimiy talab qilgan qanday shart?

Manba