Qadimgi Rimliklar Fransiyaning shimoliy-sharqidagi bu hududga kelib, ilk marta uzum yetishtirishgan. Gugo Kapet bu hudud markazidagi shaharda toj kiygach, bazmda ulardan foydalanishni boshlab beradi. Qaysi hudud? || Bu shahar nomini tabiiyki, bir hayvon nomi bilan bogʻlashga odatlanganmiz. Shahar ramzi ham bu taxminlarga imkon tugʻdirishi aniq. Ammo maʼlumotlarga koʻra, shaharning ilk nomi Lugdunum boʻlib, “Qargʻalar tepaligi” maʼnosini anglatadi. Bu qaysi shahar? || Bu insonning oilasi kitob sotuvchilik bilan shugʻullangani uchun u bolalikdanoq tillarni oʻrganish borasida ulkan iqtidorga ega edi. Uning ilk ustozi akasi, tarixchi va tilshunos Jan-Jak boʻlgan. Bu insonning familiyasini yozib bering!