Qadimda chorva yoki boshqa mulklarni ajratish uchun qoʻyiladigan belgi tamgʻa deyilgan. Koʻchmanchi turk qabilalari asosan otlari, qimmatbaho buyumlariga tamgʻa bosgan va u mulkning biror shaxsga yoki qabilaga tegishli ekanini bildirgan. Rus etimolog olimi Lev Uspenskiyga koʻra, tamgʻa atamasi rus tiliga III asrda kirib kelgan. Savol: Tamgʻa soʻzidan rus tilida hozir ham qoʻllaniluvchi qaysi soʻz hosil boʻlgan?