Buyuk Britaniya turgʻuni Patrik Rott vasiyatnomasida shaxsiy dushmanlarining manzillari va telefon raqamlari bilan roʻyxatini qoldirdi. U qarindoshlaridan ularni borib koʻrishni va ular butun umr uni qiynab, azob berganliklarini aytishni soʻradi. Alohida satrda bir iltimos yozilgan edi: agar qarindoshlaridan biri uning sobiq boshligʻini uchratib qolsa, uning yuziga tarsaki tushirishi, undan ham yaxshisi bir paytlar bir amerikalik qilgan ishni qilishi kerak edi. Ushbu amerikalikning ismini ayting.