gotquestions.online

Yevropaga kauchukni ilk bor Kolumb olib kelgan, ammo boshqa gʻaroyibotlar orasida unga hech kim eʼtibor bermagan. Ikkinchi marta uni Yevropaga fransuz olimi olib kelib: "Bu ajoyib narsa! Undan oʻnlab foydali buyumlar — suv oʻtkazmaydigan poyabzal, qoʻlqop va gʻavvoslar uchun kostyumlar yasash mumkin", degan edi. Ammo olim oʻzi bilan yetarlicha kauchuk olib kelgan boʻlsa-da, bularning hech birini qilmadi. Gap shundaki, sayohat davomida kauchuk qotib va qurib qolgan edi. Shunday boʻlsa-da, bu oq va qattiq qurigan rezina boʻlaklariga qoʻllash usuli topildi. Geveya sharbatidan birinchi boʻlib qanday mahsulot tayyorlana boshlagan?

Manba