[Boshlovchiga: Agar biror jamoa javobni haqiqatan ham yuz dollarlik banknotda topshirsa, banknot jamoaga qaytarilishi kerak. Bu muhim va majburiy!] Diqqat! Ushbu savolga javobni yuz dollarlik banknotda topshirish kerak boʻladi. Bir maqolada yoʻl harakati qoidalarini buzishni qayd etuvchi videokameralarni joriy etishning ijtimoiy nojoʻya taʼsirlari muhokama qilinadi. Maqola muallifi nafaqat haydovchi, balki yoʻlovchi suratlarining ham yuqori aniqligini qayd etadi va bitta jarima kvitansiyasi UNING uchun yetarli boʻlishi mumkinligidan ogohlantiradi. UNI ayting.