Dojlar saroyining "Oʻnliklar kengashi zali"da Venetsiyani boshqargan barcha dojlarning portretlari joylashtirilgan. Ammo Marino Falieri portreti boʻlishi kerak boʻlgan joy qora mato bilan yopilgan. Doj xiyonat uchun qatl etilgan, shuning uchun uning barcha portretlari venetsiyaliklar tomonidan yoʻq qilingan. Shunga qaramay, biz Falierining tashqi koʻrinishi qanday boʻlganini bilamiz. Qayerdan?