Diqqat, savolda almashtirishlar bor. Yunonlar va forslar urushi paytida Spartadan tashqari barcha yunon shaharlari dushmanga qarshi birlashgani haqida hikoya bor. Sparta dushmanga qarshi chiqishdan bosh tortgani uchun keyinchalik shahar aholisi qattiq jazolangan: barcha erkaklar qirib tashlangan, ayollar esa qul qilingan. Sharmandalik yanada sezilarli bo'lishi uchun bu ayollarni eng og'ir ishlar uchun ham hashamatli liboslar kiyishga majburlashgan. Hozirgi kunda spartalik ayollar o'zlarining baquvvat "hamkasblari" bilan bir xil vazifani bajaradilar. "Sparta" va "spartalik ayollar" so'zlari bilan nimani almashtirganimizni topib, o'sha "hamkasblarni" ayting.