Real voqealarga asoslangan videooʻyin finalida bosh qahramonning hamrohi kuchsizlangan demonni jilovlash uchun uni oʻz qalbiga muhrlaydi. Qahramon pok qalb yovuzlikni butunlay yoʻq qila oladi deb umid qiladi. Oʻyinda qahramonning keyingi taqdiri ochiqlanmaydi, biroq baʼzi tarixiy manbalarga koʻra, yovuz uchqun yakunda katta yongʻinga aylanadi deb taxmin qilish mumkin. Rus tilida ismlari bir xil harf bilan boshlanadigan ushbu qahramon ayol va erkakning ismini ayting.