Hamma biladiki, Bilbo Beggins „Mutlaq hokimiyat uzugi“ni qoʻlga kiritish uchun bir qator topishmoqlarni topishi kerak edi. Mana ulardan biri: Dunyoda shunday narsa borki, u hamma narsani yeb bitiradi, yashayotgan va gullayotgan har bir narsani yoʻq qiladi, temirni kemiradi, poʻlatni chaynaydi, qirolni ham, saroyni ham, shaharni ham, togʻ choʻqqilarini ham yutib yuboradi. Bu topishmoqning javobini bir daqiqa ichida ayting.