«Matritsa» filmida Neo kompyuter diskini Jan Bodriyyarning «Isteʼmol jamiyati» kitobi ichidan oladi. Bodriyyarning oʻzi film uning falsafiy konsepsiyalarini qanday taqdim etganidan norozi boʻlib: ««Matritsa» — bu Matritsa haqidagi film boʻlib, uni matritsaning oʻzi suratga olishi mumkin edi», deb aytgan. Savol matnidagi qaysi uchta soʻzni biz ikkita soʻz bilan almashtirdik?