Amerikalik yuqori sinf oʻquvchisining otasi Alton Verm qiziga oʻqish uchun berilgan kitobdan noroziligini bildirdi. Verm undagi chekish, zoʻravonlik va Bibliyaga ishoralarni qoraladi. Shuningdek, u: "Agar soʻkinishlarsiz kitob topishning iloji boʻlmasa, unda umuman kitob boʻlmasin", deb aytdi. Bunga javoban pedagoglar oʻquvchi qizga shunga oʻxshash muammolar — shaxs erkinligi va ham ezgulikka, ham yovuzlikka xizmat qilishi mumkin boʻlgan texnik taraqqiyot yoritilgan boshqa bir asarni oʻqishni maslahat berishdi. Bunday qizgʻin eʼtirozga sabab boʻlgan roman nomini yozing.