O‘tgan asrning oxiri — hozirgi asrning boshlarida bu lavozimga faqat ayollar, u ham bo‘lsa albatta turmushga chiqmaganlar olingan. Qizlar bo‘yi baland, kamida bir yarim metr bo‘lishi kerak edi. Peterburg gazetalaridan biri yozishicha, katta ehtiyojga qaramay, ulardan kamdan-kambiri bu og‘ir ishga uzoq chidagan. Nerv xurujlari ko‘pincha ularni ishdan voz kechishga majbur qilgan. Ular kimlar?