Yapon rassomi Suexiro Maruoning plakatida uchta davrni: Meydzi, Taysho va Shovani ifodalovchi yoshlar tasvirlangan. Birinchisi qo‘lida qilich, ikkinchisi fleyta ushlab turibdi. Uchinchisining qo‘lida yapon madaniyati uchun biroz kutilmagan, yapon yoshlarining Amerika turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini anglatuvchi buyum bor. Yandeks bu buyumga ko‘plab havolalar bergan, jumladan, uni fe’l shakli sifatida ham qabul qilgan. Bu uchinchi odamni batter (zarba beruvchi) deb o‘ylash mumkin. U qo‘lida qanday buyum ushlab turibdi?