gotquestions.online

Amerikaning Belington shahrida Jon Melgrin ismli shaxs klubda suhbatdoshlariga shunday hikoya qilib berdi: uning yertoʻlasiga kalamush kirib olib, katta zarar yetkazibdi. Uni tutish uchun Melgrin kichkina dor yasabdi va unga termometrni osib, tagiga bir boʻlak yaxshi pishloq qoʻyibdi. Melgrin kuzatishni boshlabdi. Tez orada kalamush paydo boʻlib, pishloqni yeya boshlabdi. Shunda Melgrin dahshatli qichqiriq chiqaribdi va kalamushning etini sovuq junjitib yuboribdi. Bu sovuqdan simob tushib ketib, oynani va kalamushning boshini yorib yuboribdi. Oʻz hikoyasi uchun Melgrin sovrin oldi. Aynan nima uchun?

Manba