Ushbu savolda SHUNDAY QILISH soʻzlari bilan biz ikki soʻzni almashtirdik. Etillangan benzin ixtirochisi Tomas Midjli ushbu suyuqlikning organizmga toksik taʼsiri holatlari uchun javobgarlikni oʻzidan soqit qilgan. Bir safar matbuot anjumanida Midjli kanistrani olib, etillangan benzin mutlaqo xavfsiz ekanligini taʼkidlab, namoyishkorona SHUNDAY QILDI. Mattia Preti kartinasida SHUNDAY QILAYOTGAN insonning ismini ayting.