Yevropa davlatlaridan birining gerbi shunday ko'rinishga ega: "Qizil qalqonda — gersoglik tojini kiygan, panjasida qilich tutgan, egri sharqona qilichni (sablya) oyoq osti qilayotgan va to'qqizta atirgul g'unchasi bilan o'ralgan oltin sher". Tabiiyki, bu gerb o'z mamlakatida juda mashhur va uning sharafiga, boshqa narsalar qatori, maishiy texnika markasi ham nomlangan. Ushbu maishiy texnikaning bir nusxasi mashhur komediyada o'ziga xos to'lov sifatida namoyon bo'ladi. To'lovchining familiyasini yozing.