Pyatnitskiy va Dobroxotovaning "Adabiy latifalar" toʻplamida Aleksandr Gersenning tushi tasvirlangan: "Goʻyo u Londonga immigratsiya qilgan va u yerda juda yaxshi yashayotgan emish. Buldog zotli it sotib olibdi. It shunchalik qopagʻonki — chidab boʻlmaydi. Kimni koʻrsa, oʻshanga tashlanadi. Agar quvib yetsa, oʻlim changali bilan yopishadi, tamom, borib janozaga buyurtma beraver. Va toʻsatdan, u goʻyo Londonda emas, Moskvada emish. Tverskoy bulvarida ketayotganmish, maxluqini bogʻichda ushlab olgan, qarshisidan esa Lev Tolstoy chiqibdi". Gersen bilan keyin nima sodir boʻldi?
Eng qiziq joyida uni dekabristlar uygʻotib yuborishdi.