Ushbu kitob muallifi vasiyatnoma yozishga ulgurmagan, shuning uchun uning huquqlari davlatga oʻtgan. Ushbu kitobni nashr etishdan yaxshigina daromad olish imkoniyati boʻlishiga qaramay, davlat nafaqat uni oʻz hududida qayta nashr etishni taqiqlagan, balki chet elda nashr etishga urinayotganlarni ham mualliflik huquqini buzganlik uchun taʼqib qiladi. Sizdan esa kitob muallifi faoliyatining boshlanishi qaysi ichimlik bilan bogʻliqligini aytishingizni soʻraymiz.