Maʼlumki, koʻplab it zotlari ov uchun ishlatiladi. Taksa boʻrsiq ovlash uchun, teryerlar tulki va quyonlarni inidan chiqarish uchun, tozi itlar boʻri va ayiqlarni quvish uchun, shuningdek, "patli ov" (qush ovi) uchun moʻljallangan itlar bor. Pudel va spaniyellardan ovda qanday maqsadda foydalaniladi?
Otib tushirilgan oʻljani topish va uni suvdan olib chiqish uchun.