Boris Lvovich oʻz kitobida bir epizodni eslaydi: Gʻalaba yubileyida bolalar bogʻchasida komissiya ishtirokida Jasorat darsi oʻtkazishga qaror qilinadi. Dars savol-javob shaklida tuzilgan edi: "Bolajonlar, bugun qanday kun?" — "Gʻalaba kuni!". Savollardan biriga bolalar toʻgʻri javob bera olishmaydi, lekin tarbiyachining yordamidan soʻng barcha bolalar joʻr boʻlib: "Kobzon" deyishadi. Men sizdan ularga qanday savol berilganini ham, tarbiyachining yordamini ham soʻramayman. Tarbiyachi tomonidan berilgan savolga toʻgʻri javobni ayting.