Andre Morua Chexov pyesalaridagi remarkalar BUNI eslatishini yozgan edi. Masalan: "Sahna bo'sh. Hamma eshiklar kalit bilan qulflangani, so'ngra aravalar jo'nab ketgani eshitiladi. Jimjitlik cho'kadi, sukunat ichida daraxtga urilayotgan boltaning bo'g'iq, yolg'iz va g'amgin ovozi eshitiladi". Yoki: "Oqshom. Qopqoq ostidagi bitta lamba yonib turibdi. Nimqorong'ulik. Daraxtlarning shovullashi va quvurlarda shamolning uvillashi eshitiladi. Qorovul taqillatmoqda". Buyuk rejissorni eslab, BUNI bir so'z bilan ayting.