"Krasnaya burda" jurnali yumoristlari dunyoning hazilomuz xaritasini chizishdi va unga biroz oʻzgartirilgan toponimlarni kiritishdi. Masalan, Vladimir viloyatida Grob-Xrustalniy shahri paydo boʻldi, Semipalatinsk — Antisemipalatinskka, Ulan-Ude esa Ulyan-Udega aylandi. Mana bu Yevropa shahri esa Pireney yarim orolidan ancha uzoq yoʻl bosib, Boltiq dengizi yaqinida toʻxtadi. Ushbu shaharni ayting.