Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bilan kampir bo‘lgan ekan, ularning... yo‘q, olapar tovug‘i emas, Gabo ismli nabirasi bo‘lgan ekan. Qo‘rqinchli va g‘ayritabiiy hikoyalarga moyil bo‘lgan merosxo‘r ertakchi buvisi bolaning tasavvurini uyg‘otgan va rivojlantirgan. Buvisining ertaknamo dunyosiga qarama-qarshi o‘laroq, bobosi — Nikolas ismli iste’fodagi polkovnikning real dunyosi xizmat qilgan. Uning ismi va familiyasida boshqa qismlar ham bo‘lgan — istalgan birini ayting.