Diqqat, savolda oʻrin almashish bor. S. Bulba va L. Filatovning A. Dyuma romani motivlari asosida yozilgan "Uch mushketyor" komediyasida Londondagi balda bir xonim gersog Bekingemga murojaat qiladi: "Yodingizdami, milord, qachondir meni ovga taklif qilishga vaʼda bergandingiz! Vaʼdangizni qachon bajarmoqchisiz?". Bekingem bunga parishonxotirlik bilan javob beradi: "Oʻshanda, azizim, oʻshanda. Oʻshanda ham, agar yomgʻir yogʻsa". Bekingemning javobidagi qaysi ikki soʻzni biz ikki marta "oʻshanda" soʻzi bilan almashtirdik?