Futbolning ashaddiy ishqibozi Viktor Shenderovich quyidagi voqeani soʻzlab bergan. "Spartak" — "Dinamo" uchrashuvini tomosha qilayotganda, uning kichkina qizi kutilmaganda kulib, televizor ekraniga ishora qiladi va bunday holat faqat ertaklarda boʻlishini aytadi. Shenderovich futbolchi tasviri ostidagi: "Vasiliy Baranov: ushbu mavsumda..." degan titrga eʼtibor bermaguncha, gap nimadaligini tushunolmaydi. Ushbu statistik titrni yakunlang.