Bryullovning "Pompeyning soʻnggi kuni" polotnosi muvaffaqiyati haqidagi xabar Peterburg boʻylab tarqalishi bilan, maslenitsa sayillarining tadbirkor egalari vulqonni taqlid qiluvchi tutun, gumburlash va chaqnashlardan foydalanib, oʻsha paytlarda juda mashhur boʻlgan "jonli suratlar"ni namoyish qila boshladilar. Sodda tomoshabinlarga, ayniqsa, yarim yalangʻoch statislarning tabiiy ofat oldidagi dahshatni tasvirlashi juda yoqardi, vaholanki, na ularning, na "sahnalashtiruvchilar"ning xayolida bu narsa yoʻq edi... Buning sababi nimada edi?
Statislar isitilmagan chodirlarda SOVUQDAN QALTIRASHARDI (maslenitsa, baribir qishning oxiri...)