"Sovet Ittifoqi xalqaro auditoriya guvoh boʻlgan, yosh kommunistik kallakesarlar tomonidan, aftidan, buyruq asosida uyushtirilgan tomoshadan yaqin orada oʻziga kelmaydi. Bu SSSRdagi yorqin aqllar uchun qora kun edi..." — deb yozgan edi "Nyu-York tayms". Bu voqeaga inglizcha bir soʻzning aloqasi bor, uning bizga maʼlum boʻlgan maʼnosidan tashqari yana bir maʼnosi "metall buyumlarni egish, toʻgʻrilash va shtamplash uchun press"dir. Ushbu soʻzni ayting.