gotquestions.online

Bogʻbonlar uchun koʻchat yetishtirish, aniqrogʻi, ular uchun kichik tuvaklar katta muammo tugʻdiradi. Ularni nimalarda yetishtirishmaydi deysiz: konserva bankalarida, qogʻoz stakanlarda, polietilen paketlarda... Tuvak oʻrniga bir qiziqarli narsadan foydalanish taklif etildi. Bunday tuvakdan koʻchatni hatto chiqarib olish ham shart emas — u bilan birga ekiladi va keyinchalik oʻsimlik uchun oʻgʻit boʻlib xizmat qiladi. U koʻchat ildizlarining yaxshi nafas olishini taʼminlaydi va shakllanayotgan ildiz tizimiga maqbul shakl beradi. Bu nima?

Manba