Zaratushtra ruhning oʻzgarishi haqida gapirgan edi. Eng xilvat sahroda ruh sherga aylanadi, u oʻzi uchun ozodlikni qoʻlga kiritishni va oʻz sahrosida hukmdor boʻlishni istaydi. U oʻzining oxirgi hukmdoriga, oxirgi xudosiga dushman boʻlishni xohlaydi, gʻalaba va ozodlik yoʻlida ulkan ajdarho bilan kurashishni istaydi. Ajdarho uchqunlar sochadi, barcha narsalarning qadri uning tangachalarida yaltiraydi. Ulkan ajdarhoning ismi nima?
"Sen majbursan". Shunga koʻra, sher — "Men xohlayman".