Fransiya Alp togʻlaridagi qutqaruvchilar ishiga bagʻishlangan "Vertikalniy mir" jurnalidagi maqoladan iqtibos: "Bir kuni ertalab erigan qor sezilarli darajada sargʻish-jigarrang tus olganini koʻrdik. — Ha, — deb oʻyladik biz, — mana ular, Fransiya sanoatining chiqindilari. Tanish fransuzlar bu nima ekanligini aytishganda esa ishonishimiz qiyin boʻldi..." (iqtibos tugadi). Xoʻsh, bu aslida nima edi va qayerdan kelgan edi?