Teleintervyularning birida Georgiy Daneliya shunday hikoya qilib berdi: Bir kuni kinofestivallardan birida uning oldiga amerikalik kinorejissyor kelib shunday dedi: — Men sizning "Kin-dza-dza"filmingizni ko'rdim! Hayratlanarli! Bizda Amerikada bunday maxsus effektlar juda qimmat turadi. Bizga maxsus effektlar borasida yordam bera olmaysizmi? — Qanday maxsus effektlar? Bizda u yerda hech qanday maxsus effektlar bo'lmagan, — deb hayron bo'ldi Daneliya. — Iye, qanaqasiga. Axir sizda u yerda ulkan zanglagan bochka uchib yuribdi-ku. Nahotki bu maxsus effekt bo'lmasa? — Yo'q, albatta. Bizga mudofaa vazirligida ruxsat berishgan, shuning uchun pepelats bizning filmimizda uchib yuribdi. Bizning vazirligimizga xat yozing — balki ular sizga ham ruxsat berishar. Hurmatli bilimdonlar, bir daqiqadan so'ng javob bering, savoldagi qaysi so'zni biz "ruxsat" so'zi bilan almashtirdik?