Birinchisi ham, ikkinchisi ham yuqori lavozimlarni — mos ravishda prezident va vitse-qirol lavozimlarini egallagan. Birinchisi ham, ikkinchisi ham Imperiyalarga qarshi kurashgan — birinchisi ozmi-koʻpmi muvaffaqiyatli, ikkinchisi esa bu kurashda halok boʻlgan. Ikkalasi ham Gollivudga aloqador, boz ustiga ikkinchisi birinchisidan maʼlum bir nomdan foydalangani uchun oʻch olish maqsadida oʻylab topilgan. Ikkinchisining ismi Nut Ganrey edi. Biz birinchisining ismi nima boʻlganini soʻramaymiz. Ayting-chi, bu qanday nom?