Chiqindi uyumi nima bilan eʼtiborga loyiq boʻlishi mumkin, deb oʻylash mumkin? Shunday boʻlsa-da, ulardan biri haqida deyarli hamma biladi. U Quddus shahri yaqinida, Sion togʻidan Kedron vodiysigacha choʻzilgan Ennom vodiysida joylashgan edi. Rivoyatlarga koʻra, qadim zamonlarda isroilliklar bu yerda Quyosh xudosi Moloxga qurbonliklar keltirishgan. Biroq shoh Iosiya butparastlikni yoʻqotish maqsadida vodiyni chiqindixonaga aylantirgan. U bizga qaysi nom bilan mashhur boʻldi?
"Ennom" vodiysi yahudiycha nomining yunoncha transkripsiyasi — geenna (doʻzax). Vodiyning badboʻy hidi uni doʻzax ramziga aylantirgan. Chiqindilar yonib turishi uchun u yerda doim olov saqlangani sababli, uni olovli geenna deb atashgan.