Zamonaviy teatrlar eʼtiborni jalb qilish uchun nimalarga qoʻl urishmaydi. Braziliyaning eksperimental teatrlaridan biri tomoshabinlarga chinakam yangicha pyesani taqdim etdi. Bu bir aktyor spektakli boʻlib, unda ijrochi tomoshabinlarni emas, balki tomoshabinlar ijrochini hayratda qoldiradi (shok holatiga tushiradi). Zal dagi har qanday tovushni — xoh kulgi, xoh qarsaklar yoki norozilik hayqiriqlari boʻlsin — aktyor maxsus moslama yordamida his qiladi. Tomoshabinlar reaksiyasi natijasida aktyor aynan nimani his qilishini aniq ayting.