Odatda rus xalq ertaklarida mehmondoʻst Yalmogʻiz kampir (Baba-Yaga) botir yigitni ichiradi, yediradi va uxlashga yotqizadi. Hind ertaklarida esa mezbonlar koʻpincha sayyoh qahramonlarga ovqatni oʻzlari tayyorlab olishlari uchun shunchaki mahsulot berishadi. Mezbonlarning bunday «mehmondoʻst boʻlmagan» harakatini nima bilan tushuntirish mumkin?
Odatda hind ertaklarida mezbonlar bosh qahramonlarga qaraganda pastroq kasta vakili boʻlishadi, induizm esa quyi kasta vakillarining qoʻlidan tayyor ovqat yeyishni taqiqlaydi.