Amerika Gʻarbidagi shtatlarda yoʻllarda baʼzan shunday inshootni koʻrish mumkin: ikki tomondan unga tikanli simli toʻsiqlar taqaladi, qatnov qismida esa ularning davomi sifatida usti yirik panjara bilan yopilgan ariq oʻtadi. Bu ariq nima uchun kerak?
Sigirlar toʻsiqni shosse orqali aylanib oʻtmasligi uchun. Mashina panjara ustidan oʻtib ketadi, sigir esa tushib ketishdan qoʻrqadi.