Katta quloqli hayvonlar juda koʻp: koʻrshapalaklar, quloqdor tulki, choʻtkasimon quloqli choʻchqa... Hind filining quloqlari yarim metrgacha, afrika filiniki esa bir yarim metrgacha yetadi. Ammo bu borada Bryussel qoʻchqori rekordchi hisoblanadi: uning quloqlari boshining ikki yonida koptokdek yigʻilgan boʻlib, agar yoyilsa, uch metrgacha choʻziladi! Biroq, aslida u qoʻchqor (yoki qoʻy) emas... Unda kim? Ushbu hayvonni ayting.