Koʻpchilik ULAR odatda atigi ikkita boʻladi deb oʻylaydi. Aslida, qoida tariqasida, ULAR ancha koʻp, garchi boshida ularning soni haqiqatda bittaga teng boʻlgan boʻlsa-da. Ajablanarlisi shundaki, biz hozirgi vaqtda ULARNING soni qancha ekanligini aniq bila olmadik. Biroq, hatto nazariy jihatdan ham maqsadga faqat olti kishi erisha oladi. Siz oltovlonning hammasini eslay olishingiz dargumon, lekin ikkitasini aniq bilasiz. Javob sifatida ulardan oʻzingiz munosib deb bilganingizni tanlang — garchi, katta ehtimol bilan, tanlashga toʻgʻri kelmasa kerak.