Oʻtgan asrning oxirida Vena konservatoriyasi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda deyarli noqulaylik yuz berdi: birinchi mukofotni saroyda katta aloqalari boʻlgan, ammo mutlaqo ovozsiz bir xonanda ayol olishiga bir bahya qoldi. Keyinchalik tanlov komissiyasi raisi, bastakor Gustav Malerdan soʻrashdi: — N. xonim haqiqatan ham tanlov laureati boʻlishiga oz qoldimi? — Toʻgʻri, — deb javob berdi Maler. — Buning uchun unga atigi bitta ovoz yetmadi. Kimning ovozi?