Hurmatli bilimdonlar, sizga Mixail Bulgakovning "Usta va Margarita" romani yaxshi tanish. Muallif roman sahifalarida Volandning koʻzlari har xil ekanligiga ikki bor urgʻu beradi — biri qora, ikkinchisi oltin uchqunli yashil. Xotirangizni ishga solib ayting-chi, Volandning chap koʻzi qaysi rangda?
Volandning koʻzlari shunchaki har xil emas, ularning rangi oʻzgarib turadi! Patriarx koʻllaridagi suhbat paytida chap koʻzi qora, bal oldidan esa yashil boʻladi. (Volandning koʻz rangi oʻzgarishini bildiruvchi har qanday javob qabul qilinadi.)