Diqqat, qora quti! Korney Chukovskiy oʻzining «Kumush gerb» avtobiografik qissasida turli gimnaziyalarda oʻqiydigan gimnaziya oʻquvchilari va qizlari baʼzan oʻzaro xat almashib turganliklari haqida soʻzlab beradi. Pochtachi vazifasini, hatto buni sezmagan holda, har ikkala gimnaziyada dars beradigan oʻqituvchilari bajargan. Korney Ivanovich «pochta qutilari» deb atagan narsa esa hozir qora quti ichida. U yerda nima bor?