Mixail Uspenskiyning romanida qahramon asov otni hech jilovlay olmaydi. Buni koʻrgan qahramonning doʻsti kinoya bilan hatto U ham otda yaxshiroq oʻtiradi, deydi. Savol muallifi ishonch bildirishicha, tilga olingan U otda ayollarcha oʻtirgan. UNI ayting.