Diqqat, QORA QUTI! Savol matnida almashtirishlar bor! Aytishlaricha, bir muncha vaqt oldin Isroil armiyasida intizom pasaya boshlagan. Askarlar qoidani buzib, oshxonaga navbatdan tashqari naryad olishga intilishgan. Buning sababi nima? Chunki ular yashaydigan chodirlarda IDISH YUVISH imkonsiz edi. Oshxonada esa — marhamat, xohlagancha RAKOVINALAR bor. Bundan xabar topgan armiya rahbariyati uzoq oʻylab, har bir rota ixtiyoriga beshtadan RAKOVINASI boʻlgan koʻchma qurilma oʻrnatishga qaror qildi. Biz qaysi soʻzlarni RAKOVINALAR va IDISH YUVISHga almashtirganimizni toping va "qora quti"da nima borligini ayting.