Tarixchi Lyudmila Ivonina ikki mashhur davlat arbobining quyidagi muloqotini keltiradi. — Ehtimol, Sizga teng keladigan siyosatchilar yoʻqdir. — Nega endi. Agar hozir boʻlmasa, tez orada topiladi. Shaxsan men bunga ishonaman. Aks holda oʻlish ham mumkin emas, — deb javob berdi vazir vazirga. Biz "vazir" soʻzini qaysi soʻz bilan almashtirganimizni topib, birinchi suhbatdosh ikkinchisining shogirdi va vorisi boʻlganini eslagan holda — ushbu suhbatning har ikki ishtirokchisi ismini ayting.