Tush taʼbirlari kitoblaridan birida tushlaringizning hajviy talqinlari keltirilgan. Masalan, tushingizda qizil va koʻk sharlar silkitayotgan, sargʻish kurtka, sariq etik, pomponli qizil qalpoqcha kiygan va pirojok yeb turgan qizchani koʻrsangiz, bu buvingizning kasal boʻlishiga ishora. Diqqat, savol! Agar tun boʻyi tushingizga uchib yurgan va aylanayotgan koʻpburchaklar kirsa, ushbu kitob bir muddat nimadan tiyilishni maslahat beradi?