AQSH mustaqilligi uchun urush yillarida Benjamin Franklin Fransiya hukumatidan Buyuk Britaniyaga qarshi yordam soʻrash uchun Fransiyaga suzib ketayotganida, agar kema inglizlar tomonidan qoʻlga olinsa, Franklinni qatl etilishidan qutqarishi kerak boʻlgan hujjat kongress tomonidan berilgan edi. Franklin Fransiyaga yetib kelgach, bu hujjatni yoʻq qilgan. Bu hujjatning mohiyati nimada edi?
U Franklinga Buyuk Britaniya bilan tinchlik muzokaralarini olib borish vakolatini bergan, yaʼni uni parlamentyorga — daxlsiz shaxsga aylantirgan.