Xalq rivoyatlarida aytilishicha: Bu hayvoncha oʻzining oppoq moʻynasining tozaligi bilan juda faxrlanadi va uxlamagan yoki ov qilmagan paytlarida tinimsiz tozalanadi. Agar uning moʻynasida ketmaydigan dogʻ paydo boʻlsa, u qaygʻudan vafot etadi. Balki shuning uchun ham qadimda barcha qirollik marosimlari anjomi boʻlgan ushbu buyumda "Kirlanishdan koʻra oʻlim afzal" shiorini oʻqish mumkin boʻlgandir. Endi esa ushbu anjomni ayting va u nimadan tayyorlanganini koʻrsatishni unutmang.