Georgiy Yungvald-Xilkevich hikoya qilishicha, bir safar u O‘zbekiston SSR hukumati tomonidan respublikaning ellik yilligiga Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrning balet spektaklini bezash va unga kostyumlar tayyorlash uchun taklif qilingan. Kostyumlar ustida ish qizg‘in ketayotgan bir paytda, uni O‘zbekiston madaniyat vaziri Najimov huzuriga chaqirib, davlat mablag‘larini isrof qilgani uchun hayfsan bergan. Mulozimning noroziligiga spektakl ishtirokchilari uchun bittadan emas, balki... aynan nechta kostyum tikilayotgani sabab bo‘lgan?
Pachka. (Najimov balerina yubkasining nomini aynan shunday tushungan.)